Hodisalar

Kerchdagi kollej fojiasi qurbonlari soni 21 kishiga yetdi

© Sputnik / Mariya Kritskaya / Mediabankka oʻtishNapadeniye na kerchenskiy kolledj
Napadeniye na kerchenskiy kolledj - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kerch shahri kollejda sodir boʻlgan fojia qurbonlari soni 21 kishiga yetdi, 43 nafar jabrlanganlar shifoxonalarda qolmoqda.  

TOSHKENT, 18 okt - Sputnik. Kecha Qrim yarim orolining Kerch shahridagi kollejda sodir boʻlgan fojia qurbonlari soni 21 kishiga yetdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligiga asosan.

"Qurbonlar orasida ushbu mudhish jinoyatni amalga oshirgan oʻsmir ham bor, u oʻz-oʻzini oʻldirgan. Shifoxonalarda yana 43 nafar jabrlanganlar qolmoqda", - deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, 17 oktyabr kuni Kerch shahridagi kollejning 4 kurs talabasi oʻzi oʻqiydigan kollej ichida bir necha kishini otib tashlagan va qoʻlbola bombani portlatib yuborgan.

Dastlab ushbu ish yuzasidan Rossiya JKning “Terakt” bandi boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan edi.  keyinchalik u “ikki yoki undan ortiq kishini ijtimoiy xavfli yoʻl bilan oʻldirish” bandiga oʻzgartirildi.

Yangiliklar lentasi
0