Termizda Afg‘oniston Bosh konsulxonasi ochildi

© Surxondaryo hokimiyatiOtkritie genkonsulstva Afganistana v Termeze
Otkritie genkonsulstva Afganistana v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Termizda 16-oktabr kuni Afg‘oniston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Kecha, 16-oktabr kuni Termiz shahrida  Afg‘oniston konsulxonasi ochildi, deb xabar qilmoqdp TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Termiz shahrida mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nasir Ahmad Andishani kutib olgan.

© Surxondaryo hokimiyatiAfg‘onston Bosh konsulxonasi ochilish marosimi
Termizda Afg‘oniston Bosh konsulxonasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onston Bosh konsulxonasi ochilish marosimi

Suhbatda O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari hamda ikki tomon kun tartibining joriy masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashildi.

Nasir Ahmad Andisha Afg‘oniston rahbariyati nomidan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’lida ko‘rsatilayotgan ko‘mak hamda Termiz shahridagi Afg‘oniston Bosh konsulxonasini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar tezkor hal qilib berilgani uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalari viloyat markazida Afg‘oniston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirlarda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ham ishtirok etdi.

© TIVAfg‘onston Bosh konsulxonasi ochilish marosimi
Termizda Afg‘oniston Bosh konsulxonasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onston Bosh konsulxonasi ochilish marosimi
Yangiliklar lentasi
0