Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi o‘zbekistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Patrushev va Maxmudov xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan Rossiya-O‘zbekiston maslahatlashuvi yakunida ikki davlat xavfsizlik kengashi apparatlari liniyasi bo‘yicha 2017-2018 yillarda aloqalar ijobiy rivojlanganini qayd etishgan

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskvada O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov bilan uchrashdi, deb xabar qildi chorshanba kuni Rossiya XK matbuot xizmati.

Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Patrushev: noqonuniy migratsiya - terrorchilik rivojlanishi uchun qulay muhit yaratmoqda

"Suhbatdoshlar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining keng doiradagi, birinchi navbatda xavfsizlik sohasidagi masalalarini ko‘rib chiqdilar. Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, migratsiya sohasidagi muammolarning yechimlari, shuningdek, axborot infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash va kompyuter bilan bog‘liq hodisalarga munosabat bildirish bo‘yicha masalalarning hozirgi holati hamda kelgusidagi ikkiyoqlama hamkorlik munosabatlari mhokama qilindi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Patrushev va Maxmudov xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan Rossiya-O‘zbekiston maslahatlashuvi yakunida ikki davlat xavfsizlik kengashi apparatlari liniyasi bo‘yicha 2017-2018 yillarda aloqalar ijobiy rivojlanganini qayd etishgan.

Yangiliklar lentasi
0