O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritadi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Markaziy bank 2018-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-oktabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 407,3 million AQSh dollari (2018 yil 1-sentabr holatiga 26 870,8 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 463,5 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 12 454,4 million AQSh dollari, monetar oltin — 13 953,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 494,5 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-sentabr holatiga 25 983,0 million AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida  zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0