Hindiston vaziri jinsiy shilqimlik borasidagi ayblar ortidan ishdan ketdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaMobashar Djavad Akbar
Mobashar Djavad Akbar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Hindistonning taniqli jurnalisti Priya Ramani Mobashar Javed Akbarga qarshi chiqish qilgandan so‘ng mojaro yuzaga keldi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik.  Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javed Akbar jinsiy shilqimlik qilish bo‘yicha janjal markaziga tushib qolib, iste’foga ketishga qaror qildi.

“Men o‘zim sudda adolatni izlashga qaror qilganligim uchun vazirlikdan ishdan ketishim to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zimga nisbatan bildirilgan yolg‘on ayblovlarga shaxsan qarshi chiqaman”, - deb yozgan Akbar o‘zining rasmiy xatida.

O‘tgan haftada Hindistonning taniqli jurnalisti Priya Ramani Mobashar Javed Akbarga qarshi chiqish qilgandan so‘ng mojaro yuzaga keldi.

Bundan keyin Ramanini uning 20 nafar hamkasblari qo‘llab-quvvatlashdi. Ular aytishlariga ko‘ra, ular jinsiy shilqimlik qilishidan shaxsan jabr ko‘rishgan yoki amaldorning uyatsiz hatti-harakatlarining guvohi bo‘lishgan.

Sobiq davlat vaziri o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblarni rad etdi.  Ularni "yolg‘on va asoslanmagan” deb ta’kidladi.

Akbar bu mojaro Hindistonda bo‘lajak saylovlar oldidan o‘z nomini qoralashga urinish ekanligini aytdi.

Ilgariroq, u davom etayotgan janjal sababli iste’foga ketishini ma’lum qildi. Keyinchalik ayblagan jurnalistga qarshi shikoyat arizasini yozdi.

Ariza Nyu-Delidagi Patiala House sudida 18-oktabrda ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0