TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Ukraina harbiylari Su-27 va F-15 qiruvchi samolyotlari orasida o‘quv jangi o‘tkazishdi deb yozmoqda RBK.
“Ukraina Harbiy havo kuchlari jangovar safida bo‘lgan, sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan Su-27 qiruvchi samolyotlari 1 – 1,5 km maosofadan turib o‘tkazilgan jangda Amerikaning F-15 C Eagle samolyotlaridan ustunligini namoyish qildi”, - deyilgan xabarda.
O‘quv jangi “Toza osmon 2018” harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari doirasida o‘tkazilgan. Su-27 va F-15 qiruvchi samolyotlari 4 tadan va 5 tadan bo‘lib jangga kirishishgan.
Aviatsi brigadasi katta shturmani Aleksandr Mostovoy Ukraina televideniyesiga aytishiga qaraganda, F-15 samolyoti uquvchilar uchun qulayroq, lekin jangda Su-27 takomillashgan mexanizatsiya to‘fayli ko‘proq manyovrlik namoyish qilgan.
Ushbu jang qanday o‘tgani haqidagi videolavha Youtubeda joylashtirilgan..
Su-27 - 1970-yillarda ishlab chiqarilgan to‘rtinchi avlod front qiruvchi samolyoti, "Suxoy" konstruktorlik burosida konstruktorlar Naum Chernyakov, Mixail Simonov, Artom Kolchin va Aleksey Knishevlar tomonidan yaratilgan.
Ayni damda ushbu samolyotlar MDH mamlakatlari, Hindiston va Xitoy harbiy qo‘shnlarida xizmat qilmoqda. Vikipediya ma’lmotiga ko‘ra, O‘zbekiston Harbiy havo kuchlari safida ham 24ta ana shunday Su-27 qiruvchi samolyotlar bor.