O‘zbekiston ayrim hududlarida qor yog‘ib, tuman tushadi

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -1...+1, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 17-oktabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -1...+1, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir aralash qor yog‘adi.

Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi va keyinroq qorga aylanishi mumkin.

Silnaya burya v Tashkente paralizovala dvijenie transporta - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli shamol va "loy" yomg‘iri: O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgardi

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘lib, yomg‘ir va qor yog‘adi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida havo harorati kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi va tuman tushadi.

Surxondaryo viloyatida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Qamchiq dovoni va Chimonda kechasi -10...-5, kunduzi esa -5...0 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor yog‘adi.

Yangiliklar lentasi
0