TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha UFC chempinoni Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan 15 million dollar evaziga revansh jang o‘tkazishni rad etdi.
Bu haqda "Sport-Ekspress" nashriga berilgan intervyuda rossiyalik sportchining tog‘asi Aleks Nurmagomedov ma’lum qildi.
Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida revansh jang o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi savolga Habibning tog‘asi shunday javob berdi:
“U Habibga qiziq emas. U Konor bilan hech qanday pul evaziga jang qilmaydi. Ha men bilan ular unga revansh taklif qilishmoqda. U rozi bo‘lsa boshidan unga 15 million taklif qilishdi. Biroq Habib “yo‘q” dedi. Konor navbatga tursin, boshqalar bilan jang qilsin. Habib esa Ferguson bilan jang qilishni istaydi. Keyin o‘z karyerasini tugatmoqchi”, - deb ta’kidladi Aleks Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 6-oktabr kuni Las Vegasda Makgregov ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda UFC unvonini himoya qildi.