Endi fuqarolar yig‘ini raisi uch yilga saylanadi

V Sergeli otkrili noviy guzar maxalli "Sofdil"
V Sergeli otkrili noviy guzar maxalli Sofdil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) bilan bir vaqtda ularning maslahatchilarini saylash tartibi bekor qilindi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi

Qonun bilan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun o‘z kuchini yo‘qotdi.

Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator yangi qoidalar o‘rnatildi.

Xususan, endilikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) bilan bir vaqtda ularning maslahatchilarini saylash tartibi bekor qilindi.

Yana bir muhim jihat, ushbu saylovlarning shaffof va oshkoraligini ta’minlash maqsadida, Qonunda fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish va o‘tkazish, saylov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtirilishi belgilandi.

Qonundagi muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning uch yilga saylanishi bo‘ldi. Muqaddam ular ikki yarim yilga saylanar edi.

Prezident vstretilsya s aktivistami maxalli - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Chilonzor tumanidagi mahalla faollari bilan muloqot qildi

Shu bilan birga, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkinligi Qonunda aks etdi.

Saylovlarda fuqarolarning vakillari bo‘lish uchun tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lish kerakligi qayd etildi. 

Endilikda bu vakillarning soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak bo‘ladi.

Muhim o‘zgarishlardan yana biri, endilikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovlari faqat yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Ilgari saylovlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshirilar edi.

Yangiliklar lentasi
0