TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Yaponiyada “yig‘lash bo‘yicha mashg‘ulot”lar ommalashmoqda.
Bu kabi mashg‘ulotlar maktab va kompaniyalarda stressni oldini olish va ishchilar va o‘quvchilarning salomatligini saqlash maqsadida qilinmoqda.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ko‘z yoshi –stressdan o‘zini himoya qilish usulidir.
Sobiq o‘rta maktab o‘qituvchisi Xidefumi Yoshida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi. U bu jarayon afzalliklari va u bilan stressdan xolos bo‘lishni o‘rgatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘lash uyqu yoki kulgudan ko‘ra sressdan qutulish uchun yaxshiroq yordam beradi.
Ekspertning fikriga ko‘ra, g‘amgin film, musiqalar hamda ta’sirli kitoblar bilan yig‘lashni boshlash kerak.
Masalan, 7-sentabrda u Osakadagi xususiy maktabda 79 nafar o‘quvchilar trening o‘tkazdi. G‘amgin filmni tomosha qilib, shundan so‘ng ular yig‘lash uchun insho yozishadi.
“Men yig‘layotganimda, o‘zimni tutishim kerak emasligini his qilaman”, - deb ta’kidlaydi 17 yoshli o‘quvchi.
2015 yilda Yaponiyada 50 dan ortiq ishchilari bo‘lgan kompaniyalar o‘z xodimlariga stressni tekshirish bo‘yicha testini tadim etish majburiyati yuklash qonuni kuchga kirgandi.