O‘zbekistonda paxta terimidagi kamchiliklar sababli rahbarlar jazolandi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 14-oktabr kuni paxta yig‘im-terimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 2018-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik O‘zbekiston
Yulduz Usmonova paxta dalasida bepul qo‘shiq kuyladi

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda terimchilarni dalaga safarbar qilish, kunlik terim sur’atini oshirishda joylarda mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yakunlash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglangan.

Yig‘ilishda bosh prokuror Otabek Murodov, prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov hamda bosh vaziri o‘rinbosari Zoir Mirzayev nutq so‘zlagan.

"Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, aksar tumanlarda ikkinchi terim boshlanib ketganiga qaramasdan paxta rejasi 60 foizdan oshmagan, ayrim hududlarda reja 25-40 foiz atrofida qolmoqda", - deyilgan xabarda. 

Nizomiddinov prezidentning maxsus qaroriga ko‘ra, joylarda sektor rahbarlari bo‘lgan 100dan ortiq kishiga nisbatan intizomiy chora qo‘llanishi haqida ma’lum qilgan.

Paxta terimi vaqtidagi sustkashliklari uchun 10 dan ortiq tumanda prokurorlar, 10 dan ortiq tumanda IIB boshliqlari ishdan bo‘shatilgan.

Yangiliklar lentasi
0