TOShKENT, 15 okt – Sputnik. National Geographic Traveler jurnali tomonidan Rossiya hududida tashkil qilingan tanlovda O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.
“Gastronomik turizm” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida jami ovozlarning 34 % O‘zbekistonga berildi, Italiya – 21 % ovoz jamlab ikkinchi o‘rinni egalladi, Ozarbayjon 17% ovoz bilan uchinchi o‘rinni, Fransiya 13 % ovoz bilan to‘rtinchi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston o‘z raqiblaridan bir necha barobar o‘zib ketgan. Ikkinchidan aynan Rossiyada O‘zbekiston gastronomik sayyohlik yo‘nalishi sifatida yuqori qadrlanadi.
Ushbu tanlov onlayn ravishda, sayohatchilikning bir necha yo‘nalishlari bo‘yicha 22-iyundan 11-oktabrga qadar o‘tkazilgan edi. Ayni damda u yakunlanib boshqa tanlovlar boshlangan.