TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Kecha AQShda bo‘lib o‘tgan Bellator Gran-pri musobaqasida rossiyalik aralash yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko amerikalik Cheyl Sonnenni nokaut bilan yengdi, deb xabar qilmoqda R-sport.
“G‘alabga erishish uchun rossiyalik og‘ir vazn kurashchisiga bir raund kifoya bo‘ldi. Yemelyanenko ketma-ket bir necha zarbalar berganidan so‘ng sudya jangni to‘xtatdi” – deb yozadi nashr.
Ushbu jang Bellatorning Gran-prisi uchun olib borilgan janglarning yarim finali edi. Endi Yemelyanenko 26-noyabrda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan final jangida yana bir amerikalik –yakkakurashchi - Rayan Beyder bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, Fodor Yemelyanenko hozir 42 yoshda. O‘z karerasida u 8 marotaba g‘alabaga erishib 5 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Yemelyanenko uchun asosiy sport turi bu – sambo.
🐐 #Bellator208 pic.twitter.com/zZ9pJcZhf8
— Bellator MMA (@BellatorMMA) 14 oktabrya 2018 g.