Rossiya "spespriyomnik"laridagi O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve
Inostrannie rabochie vo vremya provedeniya reyda FMS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetmish bir kishidan iborat birinchi guruh Moskvadan Toshkentga 12-oktabr kuni ikki reysda "O‘zbekiston havo yo‘llari" qatnovi bilan yetib kelishgan

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi horijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqarolarni vatanga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Hafizov.

"Yurtdoshlarimizning 71 kishidan iborat birinchi guruhi Moskvadan Toshkentga 12-oktabr kuni 16.55 va 22.35 da "O‘zbekiston havo yo‘llari" qatnovi bilan yetib keldi. Ularni aeroportda qarindoshlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimov va boshqa mas’ul vakillari kutib olishdi", - dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839-sonli qarori bilan horijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlaydigan migrantlar orasida o‘zbekistonliklar eng intizomli va tartibli

Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri horijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘larsiz qolgan, og‘ir moddiy axvolga uchragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish xisoblanadi.

2018 yil 5-8 sentabr Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 19-Kengashida Rossiya Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining horijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga ko‘maklashish haqidagi kelishuvga erishilgan edi.

Ta’kidlangan toifadagi shaxslar – bu og‘ir moddiy qiyindchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga va yashash uchun mablag‘ga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolaridir. Bu toifadagi shaxslarni qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Horijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi” xisobidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0