Jizzax viloyatida avtobus yo‘l chetiga ag‘darildi

© Podrobno.UZZnak na doroge
Znak na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Lacetti haydovchisi uch nafar talaba qizni urib yubordi

Ma’lum bo‘lishicha, 11-oktabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo‘lovchilari bilan “Jizzax-Do‘stlik-Gagarin” yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

IIV xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0