Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi

© Press-slujba GUVD g. Tashkenta Musor na doroge v Tashkente
Musor na doroge v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda transport oynasidan axlat tashlash uchun jarima miqdori 18430 so‘m.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni Ma’muriy javobgarlik kodeksining bar qator bandlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Xalq so‘zi".

Kiritilgan o‘zgarishlardan biri, transport vositasidan axlat tashlashga taaluqlidir.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik kodeksining 123 moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bundan buyon poyezd vagonlari, avtobus yoki avtomobil transporti oynalaridan otib yuborilgan axlat uchun undiriladigan jarima miqdori EKIHning 1/5 miqdorida - ya’ni 36860 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ushbu jarima miqdori EKIHning 1/10 (18430 so‘m) miqdorida belgilangan.

Shuningdek Ma’muriy qonunbuzarlik kodeksiga maxsus belgilangan joylardan boshqa joyga axlat tashlash, tabiiy suv havzalarini ifloslantirish va kanalizatsiya tarmoqlari foydalanish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0