Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston – Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi ekanini qayd etgan. Uning eʼtirof etishicha, ikki tomonlama aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanmoqda: siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar shular jumlasidan.
"Kelgusi haftada Toshkentga amalga oshiriladigan davlat tashrif davomida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan keng qamrovli muzokaralar oʻtkazamiz. Ular yakunlariga koʻra, salmoqli hukumatlararo va tijoriy hujjatlar toʻplami imzolanadi”, - dedi Putin xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.
Putin Oʻzbekiston rahbari bilan birgalikda mintaqalararo hamkorlik forumi ochilishida ishtirok etishi hamda ilk Oʻzbekiston atom elektrostantsiyasi qurilishiga start berishini qoʻshimcha qildi.