TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti davlatlari harbiy qo‘mondonligi ilk bor Qurolli kuchlarni birgalikda qo‘llash rejasini ishl ab chiqdi deb xabar qildi Rossiya Markaziy Harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin, RIA Novosti xabariga asosan.
“KXShT qurolli kuchlarini ilk bor birgalikda qo‘llash amaliyoti Qirg‘izistonda 10-13 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan KXShT o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida amalga oshiriladi”, - dedi general-leytenant Lapin.
Lapin aytishiga qargandan Qirg‘iziston tog‘larida joylashgan “Edelveys” poligonida "Vzaimodeystvie-2018" (Hamjihatlik-2018) o‘quv-mashg‘ulotlarining qo‘shma boshqaruv punkti ochiladi.