Ayol kishini haqorat qilgan Damas haydovchisi 3 kunga qamaldi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishIspravitelnie kolonii
Ispravitelnie kolonii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Damas haydovchisi 25-yoshli Xusniddin X., "Kichik bezorilik"da aybdor deb topilgan va unga 3 kun ma’muriy hibs jazosi berilgan. 

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshaxartransxizmat” xodimi tomonidan suratga olingan video paydo bo‘lgan edi.

Unda noqonuniy ravishda avtobus bekatida to‘xtab turgan “Damas” haydovchisi videolavhani suratga olgan “Toshshaxartransxizmat” xodimasini haqorat qilgani aks etgan edi.

K mujchine, naxamivshemu rabotnitse UP Toshtransdispetcherxizmat, prinyati meri - Sputnik O‘zbekiston
“Toshtransdispetcherxizmat” xodimini qo‘pol tarzda haqorat qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi

Ushbu ish Toshkent shahar IIB Mirzo Ulug‘bek tumani Ma’muriy javobgarlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilib Damas haydovchisi 25-yoshli Xusniddin X., aybdor deb topilgan va Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183 moddasiga “Kichik bezorilik” binoan jazoga tortilgan. Unga 3 kun ma’muriy hibs jazosi berilgan

Uning yo‘lovchisi bo‘lgan 25 yoshli Umidbek A.ning hatti harakatlari ushbu kodeksning 41 moddasiga binoan (Inson hurmati va qadr-qimmatini haqorat qilish) EKIHning 2 baravariga (368 ming so‘m) jarimaga tortilgan.

Undan tashqari YHX qoidalarini buzganligi uchun ikki Damas avtomobili haydovchilariga taaluqli dalolatnoma tuzilgan.

Toshkent shahar metropoliteni Ichki ishlar xodimining hatti-harakatlari – IIB ichki instruksiyalariga muvofiq ravishda amalga oshirilgan deb topildi.

Xabarda shuningdek, avtobus bekatida turgan boshqa erkaklarning ushbu vaziyatga befar qarab turganligi va bezorlikni oldini olish uchun hamda ayol kishini himoya qilish uchun hech qanday harakat qilmaganliklari alohida qayd etib o‘tilgan. Shu o‘rinda IIB ayrim erkaklar o‘z fuqarolik majburiyatlarini unutib qo‘yishganini esga olgan.

“Hurmatli Toshkentliklar va poytaxt mehmonlari! Shahrimizda tartib-intizom hamda sizning xavfsizligingiz – bu faqatgina IIB xodimlari zimmmasiga yuklangan allaqanday mavhum tushunchalar emas. Ko‘p narsa sizga bog‘liq. Sizning fuqarolik burchingizga, ko‘z oldingizda yuz berayotgan qonunbuzarliklarga bo‘lgan munosabatingizga bog‘liq  bog‘liq. Shahrimizning tinch-totuvligi sizning xulq-atvor madaniyatingiz, qonunlarga va eng oddiy odob-axlq qoidalariga amal qilishingizga bog‘liq", - deyilgan xabar so‘ngida.   

Yangiliklar lentasi
0