Abdulla Aripov ShHT Bosh vazirlar Kengashi majlisida ishtirok etadi

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbeda Abdulla Aripov ShHT bosh vazirlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qiladi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Dushanbeda 11-12 oktabrda ShHT bosh vazirlari Kengashi bo‘lib o‘tadi.

Unda Abdulla Aripov ShHT bosh vazirlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Kengash kun tartibida  savdo-iqtisodiy munosababatlarni rivojlantirish, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik Dasturini tadbiq etish, ShHT doirasida loyiha amaliyotini  moliyaviy ta’minlash kabi masalalari qo‘yilgan.

ShHT Bosh vazirlari kengashida Hindiston, Qozog‘iston, XXR, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, va Tojikiston bosh vazirlari ishtirok etishadi.

Bosh vazirlar, shuningdek, ShHT Banklararo uyushmasi tashkil qilish, ShHTning 2019-yilgi budjeti hamda ShHT Bosh vazirlar Kengashining navbatdagi majlisining tashkiliy masalalarini muhokama qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0