Poyezd va “Damas” to‘qnashuvi oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi

Obuna bo‘lish
“Damas” avtomashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Shu yil 8-oktabr kuni soat 09:30larda Pop tumani “Uyg‘ur” qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida d/r 50 A 687 LA “Damas” avtomashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib “Qo‘shminor-Pop-2” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 3008-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jaroxatlari olgan.

Yangiliklar lentasi
0