TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘tgan dam olish kunlarida O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, birinchi qor Jizax viloyatining Zomin tog‘larida yoqqan. Havo harorati tunda 0 gradusgacha pasaygan.
Facebookda Jamoatchilik nazorati guruhida qoldirilgan xabarga ko‘ra, Samarqand va Qashqadaryo orasida joylashgan Taxta-qoracha dovonida ham qor yoqqan.
Sinoptiklar, shuningdek, Qamchiq dovoni hududida ham qor yog‘ishi mumkinligini xabar qilishmoqda. Kecha Toshkentda havo harorati past bo‘lib kun uzun yomg‘ir yoqqan. O‘zbekistonda payshanba kunigacha sovuq havo saqlanib qolishi mumkin.