Toshkentda "Lasetti" bosib ketgan qiz tirik – IIBB

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videolavhada "Lasetti" bosib ketgan qiz - 22 yoshli Mashhura X. tirik qolgan va 16- shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Toshkent shahar IIBB biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, "Lasetti" avtomobili ishtirokidagi mudhish YTHga izoh berdi.

IIBB xabarida aytilishiga ko‘ra, videolavhada "Lasetti" avtomobili ostida qolgan 22 yoshli Mashhura X., ismli fuqaro tirik qolgan va 16- shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Otabek A. ismli 22 yoshli “Lasetti” haydovchisi hibsga olingan. Ayni damda voqea sodir bo‘lgan joyda tezkor-tergov guruhi ishlmoqda.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda, yo‘l chetidan ketayotgan qizni “Lasetti” avtomobili bosib ketgani haqidagi videorolik keng tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0