TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.
Karasin Asadovni lavozimga tayinlanishi bilan tabriklab, unga muvaffaqiyat tiladi.
Diplomatlar Rossiya-O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.
Ular Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish, hamkorlikning yangi hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishlarini yakunlashga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. Shuningdek, bu tashrif doirasida birinchi Rossiya-O‘zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkaziladi.