TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonda birinchi qor yoqqanligi haqida video paydo bo‘ldi.
Birinchi qor Jizzax viloyatining Zomin tog‘larida yoqqan. Havo harorati tunda 0 gradusgacha pasaygan.
Facebookda guruhlardan birida yozilgan izohga ko‘ra, Samarqand va Qashqadaryo orasida joylashgan Taxta-qoracha dovonida ham qor yoqqan.