TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Toshkentda uch kun davomida haqiqiy televizion bayram o‘tdi. Bayramda MDH va Baltiyaning 12 ta davlatlaridan 24 ta ishtirokchilar birlashib, do‘stlashdilar.
Ular mukofotlarni olib, festival haqida o‘z taassurotlarini bildirishdi.
Birinchilardan bo‘lib “TEFI-Hamkorlik” diplom va mukofoti “Toshkent” telekompaniyasi oldi.
Ular Sputnik muxbiriga o‘z taassurotlarini aytishdi.
“Bu g‘alaba – qilingan ish uchun yuqori mukofotdir. Biz boshida juda xursand bo‘ldik. Har bir ijodkorga - bu juda muhim. “TEFI” bizga boshqa mamlakatlardagi sheriklarimiz ijodlarini ko‘rish imkoniyatini berdi. Rejissura va jurnalistika sohalarida o‘rganadigan narsalar bor”, - dedi “Toshkent” telekanalari bosh muharriri o‘rinbosari Maxbuba Botirbekova.
“TEFI-Hamdo‘stlik” festivalida Tojikiston uchinchi marta qatnashmoqda.
“Biz ikkita film taqdim qildik. G‘alabani “Tojikiston- Sharqning javhari” nomli filmi qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda 2018-yil turizm va xalq hunarmandchiligi yili deb e’lon qilingan. Filmda turistik joylar, odamlarimiz va urf-odatlarimiz haqida lavhalar o‘rin olgan. Festivalda ishtirok etishga erishdik va respublikadagi yilning eng dolzarb masalasini tasvirga oldik”, - dedi Tojkiston televideniyasi direktori birinchi o‘rinbosari Umid Nazarzoda.
Film muallifi, Tojikiston Birinchi kanal bosh muharriri Dilafruz Rahmatovaning so‘zlariga ko‘ra, festival tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, xorijiy sheriklar ishlarini ko‘rish imkoniyat berilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, “TEFI-Hamkorlik” mukofotini Ozarbayjon filmi ham qo‘lga kiritdi. “Oynadagi yorug‘lik” filmi Geydar Aliyev jamg‘armasi yordamida tasvirga olingan. Uning bosh produseri Leyla Aliyeva bo‘ldi. Film rejisseri Rossiyaning taniqli telejurnalist Oleg Shommer bo‘ldi.
Ijodiy jamoa “TEFI” jurnalistika sohasidagi mehnatlari ham rag‘batlantirildi.
“TEFI-Hamkorlik” – bu MDH va sobiq ittifot davlatlari televideniya sohasidagilari uchun juda muhim maydonchadir. Ijodkorlar yaqin muloqot qilib, bir-birlari haqida ko‘proq narsalarni bilib olishadi. O‘zing ko‘zing bilan ko‘rish – bu ko‘proq qiziqarli va foydali”, - dedi AzTV axborot dasturlari studiyasi bosh direktori Faig Gusiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif juda qiziqarli bo‘ldi. Bu yerda televidenie rivojlanishini ko‘rib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish mumkin.
“Men bu yerda TV juda rivojlanganligini ko‘rdim. Bizga hammaning tajriba qiziq. Barcha televideniya ishchilarida mavzular, formati qiziqtiradi. Bu yerda hammasini muhokama qilishga erishdik”, - deb ta’kidladi Gusiyev.
Har bir qatnashchi minbarda ekspertlik kengashi a’zolariga minnatdorchilik bildirdi.
Shu yildagi eksperlik kengashi tarkibiga Dmitriy Astraxan, Mixail Kajuxov, Sergey Mayorov, Andrey Malaxov, Leonid Mlechin, Aleksandr Oleynikov, Nikolay Tabashnikov, Arina Sharapova kiritildi.
Keyingi festival Moldovada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 4-7 oktabr kunlari “TEFI-Hamdo‘stlik” 8-chi televizion festivali bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’atiga 12 ta yaqin horij mamlakatlarining 13 ta film e’tiboriga havola etildi.