AQShda to‘y limuzini avariyasida 20 kishi qurbon bo‘ldi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tuy limuzini avariyasi oqibatida uning ichda bo‘lgan 18 kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. AQShning Nyu York shtatida, to‘y limuzini ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 20 kishi qurbon bo‘ldi deb xabar qilmoqda Amerika OAVlari.   

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qurbonlarning 18 nafari limuzin yo‘lovchilari bo‘lgan 2 kishi esa yo‘l chetida turgan piyoda bo‘lgan.

Fojea shanba kuni Shoxari shaharchasida, relyefning past-balandliklari ko‘p bo‘lgan joyda sodir bo‘lgan. Guvohlar aytishiga qaraganda ikkita avtomobil to‘qnashuvi oqibatida limuzin yo‘ldan pastga tushib ketgan va katta tezlikda daraxtga borib urilgan. Yo‘l-yo‘lakay chorrahada magazin oldidan turgan piyodalarni ham urib yuborgan.

Dastlabki tasdiqlanmagan xulosalarga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘p bo‘lishiga limuzin ichidagilarning xavfsizlik kamarini taqmaganliklari sabab bo‘lgan, chunki Nyu York shtati qonunlariga ko‘ra, limuzin yo‘lovchilari xavfsizlik kamarini taqishlari shart emas.

Limuzin haydovchisi va uning yonida o‘tirgan kishi ham qurbon bo‘lgan. Quyida voqea joyida olingan kadrlar bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0