Toshkentda sport kiyimidagi mijozni kiritmagan restoran 1 mln so‘m to‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishOfitsiant proverayet chistotu bokala
Ofitsiant proverayet chistotu bokala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda restoranga kirish “dress-kod”i oqibatida paydo bo‘lgan birinchi ma’naviy zarar undirildi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Toshkentda bir vaqtlar mashhur bo‘lgan “Marmaris” restorani sport kiyimidagi mijozni ichkariga kiritmagani uchun, sud qaroriga ko‘ra 1 mln so‘m ma’naviy zararni to‘ladi, deb xabar qilmoqda Xususiylashtirilgan korxonarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi.  

Voqea 2017-yilning 6-iyunid sodir bo‘lgan edi. Sport kiyimida bo‘lgan fuqaro D.Ruzmetov, restoranda belgilangan “dress-kod”ga mos kelmagan kiyimda bo‘lgani uchun, “Marmaris” restoraniga kiritilmagan edi. Vaholanki shu vaqt restoranda sport kiyimida bo‘lgan xorijiy  mijozlar bo‘lgan.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab sud tizimi xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi

Ushbu ish yuzasida “Ilk Biznes” MCHJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari buzilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 12.10.2005 yildagi 225-sonli qarori bo‘yicha belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan.

Bundan tashqari, yuqoridagi holat yuzasidan Shayxontoxur tumani Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida fuqaro D.Ruzmetovning yetkazilgan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ko‘rib chiqilgan va “ILK BIZNES” MCHJ tomonidan 1 mln. so‘m ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqarilgan.

Shu bilan birga, Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan «ILK BIZNES» MCHJning mas’ul mansabdori ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan jarimaga tortilgan.

Yangiliklar lentasi
0