TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Bugun, yakshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Suhbat davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ikki tomonlama hamkorlik yordamida chuqurlashtirish haqida so‘z bordi. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya do‘stlik hamda strategik ittifoqchilik munosabatlarining rivojlanayotganini qayd etishdi.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mahsulot ayrboshlash hajmlari tez o‘sib bormoqda. Neft-gaz, energetika, metallurgiya, mashinasozliq, elektrotexnika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sohalarida yirik investitsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari xabarda tinch atom va hududlararo hamkorlik ham rivojlanayotganini, Toshkentda ushbu haftada birinchi bor "O‘zbekiston - Rossiya" hududlararo forumi bo‘lib o‘tishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 66 yoshga to‘ldi. Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda, Rossiya prezidenti ushbu bayramni o‘z yaqinlari va oila a’zolari davrasida kutib oladi.