Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktabrda Fransiyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishParij, Luvr muzeyi
Parij, Luvr muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston  prezidenti Fransiyada 10dan ortiq hukumatlararo hujjatlar imzolaydi va YuNESKO bosh direktori bilan uchrashadi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018-yilning 8 – 9-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi, deb xabar qilmoqda  prezidenti matbuot xizmati.

Passajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Fransiya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi “O‘zbekiston –  Fransiya” muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.

"Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari  o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0