TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Ross ilk marotaba O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha tashrif oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda 4-oktabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti tomonidan chop etilgan "O‘zbekistonning yangi yuzi" kitobining taqdimotida ma’lum qilingan.
Uilbur Ross 2017-yilning fevral oyida Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri etib tayinlangan.
79 yashar Ross nomzodi uchun AQSh Senatining 72 nafar senatorlari qo‘llab-quvvatlagan, 27tasi qarshi ovoz bergan.
Biznesmen AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi tarafdori sifatida mashhur. U savdo kelishuvlarini qaytadan ko‘rib chiqish tarafdori, jumladan, Xitoy va Meksika bilan ham.