Mirziyoyev va Rahmon o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon i glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Tojikiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.  

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spestexniki “Talko-Krantas” - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston rahbari Tojikiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik  munosabatlari va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini  mustahkamlashga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil 17-18 avgust kunlari Tojikiston prezidentining mamlakatga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan samarali muzokaralar, ularning yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuv va imzolangan ikki tomonlama hujjatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi sarhisobi e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidentining joriy yil 27-28 sentabr kunlari MDH Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega amaliy tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijakorligi qayd etildi. 

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi ortib, turli tarmoqlarda kooperatsiya, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalar rivojlanmoqda, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib, madaniy-gumanitar almashinuvlar  kengaymoqda. 

Tomonlar ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida hamkorlikni rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar  ijrosini to‘liq ta’minlashda muntazam amaliy aloqalar muhimligini qayd etdi.

Muloqot so‘nggida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar. 

Yangiliklar lentasi
0