Yashash joyidan beriladigan ma’lumotnomalar bekor qilindi

© Potrebitel.UzLyudi stoyat u zdaniya maxalli
Lyudi stoyat u zdaniya maxalli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 15-oktabrdan 4 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 15-oktabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

- shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;

- shaxsning ishsizligini;

Eksperimentalniy proyekt po ustanovke podzemnogo musorosborochnogo punkta - Sputnik O‘zbekiston
Konteyner va maxsus qutilar: O‘zbekistonda yangi qoidalar tasdiqlandi

- bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

-shaxsning tavsifnomasi.

Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.

2020 yil 1-yanvardan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.

Yangiliklar lentasi
0