Rossiyadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida 189 dona pornografik videolar aniqlandi

© Foto : pixabay.comMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaroga tegishli telefon apparati xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. “Sankt-Peterburg-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro R.N.ning telefoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida telefon xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik O‘zbekiston
Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qo‘mitasi raisi

Xabarda aytilishicha, “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Sankt-Peterburg-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro R.N bojxona nazoratidan o‘tishda “yashil” yo‘lakdan harakatlanib kelayotganida bojxona xodimining e’tiboriga tushdi.

Uning uyali telefoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida telefon apparati xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

DBQ ma’lum qilishicha, Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan 2018-yil o‘tgan davri mobaynida 376 ta bojxona qoidabuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lsa, shundan 197 ta holatda sal kam 18 ming dona behayo mazmundagi materiallarni respublikaga kirib kelishi oldi olindi.

Yangiliklar lentasi
0