TOShKENT, 4 okt - Sputnik. O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 3-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).
Zilzila magnitudasi M=3,6. Zilzila chuqurligi N=30 km.
Zilzila kuchi Qarshi shahrida 3 ballni tashkil etgan.
Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.