TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Taniqli rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev studiyasi Toshkentda ko‘chalarni obodonlashtirish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Spot.uz.
Taniqli dizayner 2-oktabr kuni O‘zbekistonga kelgan va Toshkent shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashida uchrashuv o‘tkazgan.
Ta’kidlanishicha, studiya Toshkent shaharni loyihalashtirish, dizayn va arxitektura sohasida professionallar uchun ochayotgan imkoniyatlarga qiziqish bildirgan.
Dizaynerlar Toshkent logotipini yaratishda ishtirok etishlari mumkin, shuningdek, poytaxt ma’muriyati tomonidan tilga olingan ustuvor mavzular va tavsiyalar ustida ish olib borishga tayyor.
Ilgariroq, Artemiy Lebedev o‘zining Instagramdagi sahifasida o‘zbek avialiniyalarida parvoz qilish qulayligini yuqori baholagan, shuningdek, do‘konlarda mevalar xilma-xilligiga alohida e’tibor qaratgan edi.
"Ekonom klassdagi taomlar - shu yil hisobidan yo‘lovchilar samolyotida iste’mol qilgan eng yaxshi ovqat bo‘ldi", - deb yozdi bloger.
Lebedev, oxirgi marta O‘etnografik safarni 2002-yilda amalga oshirgan.