Gulnora Karimovaning qayerda ekanligi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Mikhail MetzelGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Onam endi uyda" deb yozgan edi Gulnora Karimovaning qizi instagramda.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo o‘tamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga asosan.

Dushanba kuni, Gulnora Karimovaning qizi Iman Karimova, Toshkentdan Londonga uchib ketganidan so‘ng, o‘zining Instagramida “Onam  endi uyda” degan xabar qoldirgan edi. Shundan so‘ng OAV vakili O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan bog‘lanib ushbu xabarga izoh berishni so‘ragan.

 “Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo o‘tamoqda” – deb xabar qildi O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi vakili axborot agentligiga.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova O‘zbekiston 2015-yilning avgust oyida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 5-yilga ozodlikni cheklash jazosiga mahkum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0