Dunyo Putinga Trampdan ko‘ra ko‘proq ishonadi - so‘rov natijalari

© Sputnik / Sergey GuneyevVstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rovga ko‘ra, respondentlarning o‘ttiz foizi Rossiya prezidenti Putinning xalqaro maydonda to‘g‘ri siyosat yuritayotganini qayd etadilar va unga ishonch bilan qaraydilar

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Vladimir Putinga Donald Trampdan ko‘ra ko‘proq ishonishadi. Amerikaning Pew Research Center tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.

Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Poroshenko BMT sammitida bir xil kiyimda paydo bo‘lishdi

So‘rovga ko‘ra, respondentlarning 30%i Rossiya prezidentining xalqaro maydondagi siyosatini to‘g‘ri, deya baholaydilar va unga ishonadilar. XXR Raisi Si Szinpinning ushbu savol bo‘yicha natijasi biroz yuqori - uning ishonch reytingi - 34%.

Trampda ushbu ko‘rsatkich - 27%, dunyo yetakchilari orasida ishonch reytingida eng yuqori ko‘rsatkichga ega siyosatchi bu Angela Merkel. Germaniya kansleri uchun respondentlarning 52%i ovoz bergan.

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning aksariyati AQShning xalqaro sahnadagi rolidan tashvishda ekanliklarini bildirishgan. Ularning fikricha, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi muhim muammolarni hal etishda boshqa mamlakatlar fikrini aksariyat hollarda pisand etmaydi. Ayrim respondentlar, AQSh global masalalarni bartaraf etishda ayni vaqtda avvalgidan ko‘ra kamroq harakat qilmoqda, degan fikrlarni bildirganlar.

So‘rov shuni ko‘rsatdiki, odamlarning aksariyati Xitoyning dunyo sahnasida yuritayotgan siyosatini tobora ko‘proq ma’qullamoqda.

So‘rov 2018-yilning 20-may sanasidan 12-avgustiga qadar o‘tkazilgan, unda 25 davlatdan 26,1 ming kishi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0