Qozog‘istonda KXShT razvedkachilarining o‘quv-mashg‘uloti boshlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSovmestnie ucheniya Kollektivnix sil operativnogo reagirovaniya
Sovmestnie ucheniya Kollektivnix sil operativnogo reagirovaniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quv mashg‘ulotlarida Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiyadan 3000 dan ortiq harbiylar ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. KXShT mamlakatlarining Tezkor harakat kuchlari "Poisk-2018" nomli o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Qozog‘iston janubiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati.

“Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi, KXShTning tezkor harakat kuchlarini joylashtirish uchun razvedka olib borishdir. Amaliy mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilar kosmik, havo, radimoelektron va boshqa sohalarda razvedka olib borish mashqlarini bajaradi”, - deyilgan xabarda.

O‘quv mashg‘ulotlarida Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya harbiylari ishtirok etmoqda. Umumiy hisobda “Poiske – 2018” o‘quv mashg‘ulotlarida 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 500dan ortiq texnika ishtirok etmoqda.

Rossiyadan ushbu manyovlarda qatnashish uchun bir necha razvedkachi bo‘linmalar va spesnaz, jami 300 nafar askarlari yetib kelishgan. Undan tashqari 2ta razvedkachi samolyot Su-24MR, "Orlan-10" va "Forpost" uchuvchisiz apparatlar ham ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0