Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: erimga mashhurligim yoqadi

© Sputnik / Jansaya TәuyekelqiziBorodataya jenshina iz Kazaxstana Muxtabar Torayeva
Borodataya jenshina iz Kazaxstana Muxtabar Torayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Soqol 34-35 yoshimda o‘sishni boshlagan. Bu vaqtga kelib, turmushga chiqqandim, o‘g‘lim va qizim bor edi", — deydi Muxtabar. — "Turmush o‘rtog‘im men bilan xamisha faxrlangan. Bunday ayol hech kimda yo‘q, deya aytardi doim"

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qozog‘istonning janubidan bo‘lgan yetmish yashar ayol mana 35-yildirki, soqol bilan yashaydi va yuziga biron marta tig‘ tekizmagan. Sputnik Qozog‘iston muxbiri bilan intervyuda ayol o‘z o‘tmishi haqidaso‘zlab berdi va nima uchun o‘zini boshqalardan ajratib turadigan soqoldan qutulishga hech qachon intilmagani sababini tushuntirdi.

Prazdnik Uraza-bayram v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda uzun soqol va niqob ta’qiqlanishi mumkin

Tanishlari hurmat bilan "Muxtabar opa", deb chaqiradigan bu ayol ko‘p farzandli oilada tavallud topgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol yuzidagi mo‘ylar allaqanday g‘ayritabiiy holat emas - soqol uning onasida, buvisida va hatto tug‘ishgan opasida ham bo‘lgan.

"Soqol 34-35 yoshimda o‘sishni boshlagan. Bu vaqtga kelib, turmushga chiqqan edim, o‘g‘lim va qizim bor edi", — deydi Muxtabar. — "Turmush o‘rtog‘im men bilan xamisha faxrlangan. Bunday ayol hech kimda yo‘q, deya aytardi doim".

"Menda soqol paydo bo‘lgach, u bunga g‘alati bir narsaga qaragandek qaragani yo‘q. Aksincha, uni parvarishlar kerakligini, axir bu Alloh ne’mati ekanligini aytardi. Erim qo‘llab-quvvatlar ekan, nimadan qo‘rqaman? U hatto xotini mashhur bo‘lib ketganidan quvondi ham", - deb qo‘shimcha qiladi Muxtabar.

Muxtabar Torayeva mana 35-yildirki soqolli ayol hisoblanadi. Ushbu yillar davomida u biron marotaba yuziga tig‘ tekkizmagan: ramazon ro‘zasidagi iftorliklarning birida bir keksaroq ayol uning yoniga kelib, soqolni hech qachon qirish kerak emasligini uqdirgan.

"U menga agar qirtishlasam, kasal bo‘lib qolishimni aytdi. U menga sen boshqachasan, deb aytdi. Avlodimizda odamlarni davolash xususiyatiga ega odamlar bo‘lgan. Haqiqatdan ham, bobomning otasi taniqli mo‘lla bo‘lgan va odamlarni davolagan", - deb esga oladi Muxtabar.

Ayolning aytishicha, u qiziqsinab boqadigan qarashlar va savollarga o‘rganib ketgan.

"Qudamdan kunlarning birida, kechalari erkakka aylanmasligim haqida so‘rashgan. Biz o‘shanda miriqib kulganmiz. Ha, shunaqa voqealar ham bo‘lib turadi, ayniqsa, odam gavjum joylarga borsam", - deb esga oladi Muxtabar.

O‘z ona qishlog‘ida soqolli ayolga hurmat bilan munosabatda bo‘ladilar. Muxtabarni ba’zan qozoq milliy urf-odatlarini bajarishga taklif etishadi. Ayoldan oq fotiha istab keladiganlar ham juda ko‘p.

Yangiliklar lentasi
0