TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Nyu-Delida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
"Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham Shavkat Mirziyoyev Narendra Modi bilan bir necha marotaba uchrashishgan edi. Xususan, ShHT sammiti va boshqa xalqaro forumlar doirasida.