Ixtiyoriy jarima: jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun ma’qullandi.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari analoglari bilan bog‘liq jinoyatlar ham ta’qib qilinadi

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Qonunga ko‘ra Jinoyat kodeksidagi 90 ta moddada jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turi qo‘llanilishi mumkin.

Buning uchun tegishli moddada nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxs, o‘z aybiga iqror bo‘lishi, yetkazilgan zararni bartaraf etishi hamda tegishli modda bo‘yicha nazarda tutilgan jarimaning eng ko‘p miqdoriga teng summani ixtiyoriy ravishda to‘lashi kerak.

Qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0