TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Eron Suriyaning Yevfrat dengiz sohilidagi joylashgan Axvazeda terakt tashkilotlari joylashgan hududga raketa zarbasini berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida ko‘plab terrorchilar yo‘q qilindi.
Kutilgan javob
Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi eksperti, siyosatchi Nikita Smaginning so‘zlariga ko‘ra, teraktga qarshi Tehron javob berishi kutilgan hodisa edi.
“Bir tomondan, bu yerda Eron ichki siyosiy maqsadlarni hal qilmoqda. Ya’ni o‘z aholisiga hujumga qarshi javob berayotganini namoyish qilmoqda”, - dedi u.
Ikkinchi tomondan esa, Tehron jahonga bunday harakatlarga javob berishga tayyor ekanligini ko‘rsatmoqda.
“Uchinchi tomondan Eron o‘zida raketa salohiyati borligini eslatdi. Bu mintaqadagi barcha raqiblariga o‘ziga xos signaldir”, - deya fikr bildirdi ekspert.
Axvazdagi terakt
Sentabr yakunida Eronning Axvaz shahrida harbiy parad chog‘ida otishma boshlanadi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, unda 28 nafar kishi halok bo‘lib, 60 dan ortig‘i jarohatlandi.
Bu amalga javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq bo‘lgan “Axvazdagi arab vatanparvar demokratik harakati” o‘z zimmasiga oldi.
Ikki kundan so‘ng Eronda bu hujumga aloqador bo‘lgan 22 kishi qo‘lga olindi.
Eron oliy rahbari Oyatilla Ali Xameni bu terakt ortidan “AQSh rahbarligida harakatlanayotgan davlatlar” turishini aytgandi. Saudiya Arabistoni esa o‘zini teraktga aloqadorligini inkor qilmoqda.
Rossiya Eron xalqiga hamdarlik ishor etgandi. Vladimir Putin terrorizmga qarshi kurashish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
O‘z navbatida senator Aleksey Pushkov “terrorizm – bizning umumiy dushmanimiz” deya fikr bildirdi.