TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekistonda bugundan boshlab yer usti va yer osti suv manbaalaridan foydalanish bo‘yicha yangi stavkalar kuchga kirdi.
Yangi stavkalar prezidentning “Suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Avtomobillarni yuvish shoxobchalari uchun 1 kubometr narxi 98,2 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshiriladi.
Bundan tashqari, avtomobillarni yuvish shoxobchalari soliqlar yig‘ish tizimidan qat’i nazar (soliq yig‘ishning umumiy yoki soddalashtirilgan tartibi), hatto yagona soliqni to‘lagan bo‘lsa ham, ushbu soliqqa tortiladi.
Sanoat korxonalari uchun esa narx 98,2 so‘mdan 300 so‘mgacha ko‘tarilishi belgilangan.
2018 yil 1-oktabridan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilandi: