Qarshidagi to‘yda 74 kishi zaharlangani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshida 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda umumiy hisobda 74 kishi ovqatdan zaharlangan va ulardan 72 kishi yuqumli kasallik tashhisi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan to‘yda 74 kishi zaharlangan, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Shirin niyat baraka” MChJga qarashli to‘yxonada 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda umumiy hisobda 74 kishi ovqatdan zaharlangan va ulardan 72 kishi yuqumli kasallik tashhisi ostida shifoxonaga yotqizilgan.

“Be’morlarning 4 nafari 18 yoshgacha bo‘lganlar, 10 nafar erkak va 60 nafar xotin-qizlardir. Yotqizilgan 72 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha yengil holatda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus shtab tashkil etildi, ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari ushbu shtabga jalb etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida barcha zurur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

“Shirin Niyat Baraka” MChJga qarashi “Baxtli oila” to‘yxonasida 30-sentabr kuni o‘tkazilgan o‘rganishlarda sanitariya normalarining buzilish holatlari aniqlangan.

To‘yxona xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan, sanitariya minimum o‘quv kurslarida o‘qimagan. Tekshirish vaqtida 21 nafar oshxona ishchi-xodimidan biologik namunalar hamda tashqi muhit obyektlaridan 158 ta namuna olinib, laboratoriyaga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0