Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil uzbekistansev so Dnem nezavisimosti
Shavkat Mirziyoyev pozdravil uzbekistansev so Dnem nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonga safari oldidan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini 1-oktabr - kasb bayrami kuni bilan tabrikladi.

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hindistonga safari oldidan O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini, kelayotgan 1-oktabr - kasb bayrami kuni bilan tabrikladi.   

“Muhtaram ustozlar! Qadrli do‘stlar!

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni
1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman”, - deb boshlangan prezidentning tabrik so‘zi.

Shundan so‘ng prezident tabrigida oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilgan. Xususan, o‘qituvchilarning jamiyatda obro‘ysini oshirish, ularga imtiyozli uy oylar berish va avtoulovlar xarid qilishiga qulay sharoitlar yaratish haqida.

Undan so‘ng, tabrik so‘zida bugungi kunda yoshlar hayotiga tahdid  solayotgan turli xavf xatarlardan ularni saqlashda o‘qituvchilarning roli ulkan ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.

“Ayniqsa, butun dunyoda murakkab va tahlikali vaziyat hukm surayotgan hozirgi vaqtda yoshlar hayotiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarning oldini olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda sizlarning ibratli faoliyatingiz ulkan ahamiyatga ega”, - deyilgan tabrik so‘zida.

Prezident tabrik so‘zining to‘liq matni bilan quyida tanishiningiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0