AQSh vaziri Rossiyani dengizda cheklab qo‘yish mumkinligi haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
AQSh vakili harbiy flot yordamida Rossiyani dengizda cheklab qo‘yish mumkinligi haqida gapirdi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinke, Yaqin Sharq mamlakatlariga neft mahsulotlari yetkazib berishini cheklash maqsadida, Rossiyani dengizda blokirovka qilishi mumkinligi haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda Russia Today.

“Biz, harbiy dengiz flotimiz imkoniyatiga tayangan holda, dengiz yo‘llarining ochiqligini kafolatlashimiz mumkin. Kerak bo‘lganda esa, Rossiya energiya manbaalari bozorga yetib kelishini cheklash maqsadida, yo‘llarni yopishimiz ummkin”, - dedi Zinke.

Rossiya Davlat Dumasi hamda Federatsiya Kengashida Zinkening ushbu bayonotini keskin tanqid qilindi. Ularning fikriga ko‘ra, bunday bayonot berish, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, urush e’lon qilish bilan teng deb baholanishi mumkin. Ikkinchidan esa, AQShning ushbu bayonoti Rossiyaning Yaqin Sharqda ta’siri kuchayib borayotganidan darak berishini ta’kidlashdi.

Shu o‘rinda, RT Rayan Zinkening biografiyasini keltirib o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha vazirlikka ishga kelguniga qadar, Zinke kongressmen bo‘lgan, unadn oldin esa AQSh Harbiy dengiz flotining maxsus qo‘shinlari - “Dengiz mushuklari” safida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Yevropada “Shimoliy Oqim-2” neft quvuri qurilishiga keskin qarshilik qilmoqda. Ular Yevropani Rossiya gazidan foydalanish o‘rniga AQShning suyultirilgan gazidan foydalanishga chaqirishmoqda. AQSh fikriga ko‘ra,  “Shimoliy Oqim-2” ishga tushsa, Rossiyaning  Yevropada siyosiy ta’siri kuchayadi. Rossiya esa “Shimoliy Oqim” faqat iqtisodiy loyiha ekanini ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0