Putin MDH doirasida hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi

Obuna bo‘lish
Peskovga ko‘ra, Putin o‘z chiqishida qator tashqi salbiy omillarga qaramay, MDH doirasida tovarlar va investitsion oqimlar harakatini soddalashtirish maqsadida erkin savdo zonalari haqidagi kelishuv salohiyatini maksimal darajada ochiqlashtirish kerakligi xususida gapirgan

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi davomida MDHning ahamiyatini hamda hamdo‘stlik mamlakatlarining tashqi maydonlarda, BMTda, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar va huquqni muhofaza qilish sohalarida o‘zaro hamkorligini qayd etdi, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

V Dushanbe proshel Vecher drujbi dlya glav stran i rukovoditeley delegatsiy SNG - Sputnik O‘zbekiston
Rahmon Mirziyoyev, Putin va boshqa prezidentlarni MDH sammitida nima bilan mehmon qildi

"Tor doirada chiqishida, prezident MDHning ahamiyati va MDH doirasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy treklarda, shuningdek, huquqni muhofaza qilish sohalarida hamkorlikning muhimligini qayd etdi. Iqtisodiy masalalar haqida gaplashdik. Putin global iqtisodiy konyuktura (hozir)da katta muammolar borligini, ammo bu hamdo‘stlik ichidagi tovar aylanmasi joriy yil yanvar-iyun oylarida 15%ga oshishiga to‘siq bo‘lmaganini, hozir o‘zaro tovar aylanmasi 85 milliardga yaqinlashib qolganini aytdi", — dedi Peskov.

Peskovga ko‘ra, Putin o‘z chiqishida qator tashqi salbiy omillarga qaramay, MDH doirasida tovarlar va investitsion oqimlar harakatini soddalashtirish maqsadida erkin savdo zonalari haqidagi kelishuv salohiyatini maksimal darajada ochiqlashtirish kerakligi xususida gapirgan.

"Prezident o‘z nutqida o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish amaliyotini kengaytirish zarurligi, tashqi siyosiy sahnada, Birlashgan Millatlar Tashkilotida harakatlarni muvofiqlashtirish lozimligi haqida gapirdi", — deb ta’kidladi Peskov.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari madaniy hamkorlikka urg‘u berib, intellektual mulk to‘g‘risida gapirgan.

"2019 yilda MDHga raislik qilish Turkmanistonga o‘tadi. Barcha ishtirokchilar, xususan, Putin ham turkmanistonlik hamkasblarga ularning raisligi vaqtida muvaffaqiyatlar tilashdi", - deb qo‘shimcha qildi Peskov.

MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari kengashi majlisi 28-sentabr kuni Dushanbe shahrida o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston rahbarlari, Armeniston bosh vaziri va Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0