Indoneziyada sunami va zilzila qurbonlari soni 384 nafarga yetdi

© AFP 2023 / BAY ISMOYORazrusheniya v Indonezii posle zemletraseniya i sunami
Razrusheniya v Indonezii posle zemletraseniya i sunami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Indoneziyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish hamda insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Indoneziyada yer qimirlashi va sunami qurbonlari soni 384 nafarga yetdi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha milliy boshqarma vakili xabar qildi.

Ilgariroq, 48 qurbon va 356 nafar jabrlanganlar haqida ma’lumot berilgan, ammo hukumat gap Palu shahridagi halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida borayotganiga aniqlik kiritishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Palu shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan Sulavesi oroli qirg‘og‘i yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, so‘ngra yana bir nechta, eng kuchlisi 7,4 magnitudali yer osti silkinishlari kuzatildi.

Shundan so‘ng Paluga balandligi 2 metrga yaqin sunami yopirildi.

Indoneziya hukumati Markaziy Sulavesi privinsiyasidagi aeroportni bugun kechgacha yopishga qaror qilishgan.

BMT Bosh kotibi sunami va zilzila oqibatida qurbon bo‘lgan insonlar yaqinlariga o‘zining chuqur hamdardligini yo‘llagan.

BMT Indoneziyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish hamda insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0