Buxorodagi shaharcha Navoiy tarkibiga qo‘shib berildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIzmenenie granis Gijduvanskogo rayona Buxarskoy oblasti i Kanimexskogo rayona Navoiyskoy oblasti
Izmenenie granis Gijduvanskogo rayona Buxarskoy oblasti i Kanimexskogo rayona Navoiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Zafarobod tumanidan G‘ijduvon markazigacha bo‘lgan masofa 80 kilometrni tashkil qiladi. Bu esa aholining tez tibbiy yordam, ma’muriy idoralar xizmatidan foydalanish, ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda noqulaylik tug‘dirmoqda

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati o‘n oltinchi yalpi majlisda Buxoro viloyatidagi Konimex qo‘rg‘onchasida vujudga kelgan qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni samarali hal etish uchun Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqdilar, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Novoe gazovoe mestorojdenie - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida yangi gaz koni topildi

Xususan, majlisda, Buxoro viloyatidagi Zafarobod qo‘rg‘onini Navoiy viloyati Konimex tumani tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Zafarobod" qo‘rg‘onida bugungi kunda 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qo‘rg‘onda 31 ko‘pqavatli uy, 1 maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 umumta’lim maktabi, 1 tibbiyot muassasasi va boshqa qator tashkilotlar ishlab turibdi. Shunga qaramasdan bugungi kunda "Zafarobod"da o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalar mavjud.

Zafarobod tumanidan G‘ijduvon markazigacha bo‘lgan masofa 80 kilometrni tashkil qiladi. Bu esa aholining tez tibbiy yordam, ma’muriy idoralar xizmatidan foydalanish, ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda noqulaylik tug‘dirmoqda.

"Zafarobodlik kishi tuman markaziga borish uchun kamida 80 km bosib o‘tishi kerak. Bunga ikki soat vaqt ketadi. Fuqaroning ishi bitmasa, yetishmayotgan bitta hujjat uchun takroran kelib-ketishga majbur bo‘lmoqda", - deb qayd etishdi senatorlar.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Qadimiy Buxoro o‘zining muqaddas eshiklarini ochmoqda

Zafarobodning Konimex tumani tarkibiga o‘tkazilishi tufayli tuman markazigacha bo‘lgan masofa uch barobarga qisqarishi, bu esa aholining turli ma’muriy, ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlardan foydalanishi sifatini oshirishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Majlisda so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev ikki viloyat chegaralari o‘zgarishi to‘g‘risidagi qaror Zafarobod shaharchasi aholisining farovonligini yanada oshirishi va turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

"G‘ijduvon tumanidagi Zafarobod tumanining Navoiy viloyatidagi Konimex tumaniga qo‘shib berish tashabbusi mazkur hududdagi joylashga fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan o‘tkazilan uchrashuvlarda aholining barcha qatlam vakillari tomonidan to‘la quvvat-quvvatlandi", - deb qayd etdi Barnoyev.

Yangiliklar lentasi
0